„Nemis-o’zbek huquqshunoslari dialogi“ loyihasi haqida Professor Herberger bilan suhbat

Prof. Dr. Maximilian Herberger

Nemis-o’zbek huquqshunoslari dialogi g’oyasi qanday paydo bo‘ldi?

Bu g‘oya o’zbekistonlik doktorantimiz Samandar Atoev bilan bo’lgan sohaga oid suhbat va muzokaralar natijasida paydo bo’ldi. Biz o’zaro muloqotdan orttirgan tajribamizni Internet orqali boshqalarga ham yetkazishni lozim topdik. Bu g’oyaga aniqlik kiritgan holda veb-blog shaklida amalga oshirishni ma’qul topdik. Chunki Internet orqali nemis-o’zbek munosabatlari uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan barcha fikr va mulohazalarni oson va qulay yetkazishimiz mumkin.

Ushbu loyihaning huquqshunoslar uchun foydali tomoni nimada bo’lishi mumkin?

Bizningcha, loyihaning eng katta foydali tomoni shundaki, bu orqali oldin ko’zga chalinmagan narsalarni ko’rish mumkin bo’ladi. Shu ma’noda o’zim ham tayyorgarlik muhokamalaridan va chop etilgan dastlabki ma’lumotlardan O’zbekiston huquqiy olami haqida juda ko’p narsalarni bililb oldim: u yerdagi Internetdagi faollik, yuridik ta’lim sohasidagi tadbirlar, menga qiziqarli bo’lgan Yuridik Klinikalar faoliyati shular jumlasidandir..Shuning uchun ham eng asosiy foydali tomonini shunda deb bilamanki, loyiha yordamida uzoq bir mamlakatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan va ilgari ko’zga chalinmagan narsalarni ilg’ash mumkin. Albatta soha yuzasidan chuqurroq mulohazalarni ham tasavvur qilishimiz mumkinki, bu huquqchunoslik sohasi uchun ham katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Ammo bu ikkinchi bosqichda amalga oshiriladi.

O’z nomi bilan aytib turganidek, Dialog birinchi navbatda huquqshunoslarga yo‘naltirilgan. Yana kimlar uchun ushbu Dialog foydali bo’lishi mumkin?

Biz huquqshunoslar olamiga nisbatan professional yondashuvimizni saqlab qolishni istaymiz. Ammo tabiiyki, boshqa kasb vakillari ham huquqiy masalalarga qiziqish bildirishadi. Umuman olganda huquqshunoslikning siyosatga yaqinligi sababli ham bu yerdagi o’zaro fiklar almashinuvi siyosatchilar va jurnalistlar uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Biz huquqshunos talabalarni, ya’ni bo’lajak yuristlarni, alohida nazarda tutamizki, ular ikki mamlakat o’rtasidagi muloqot madaniyatida shakllanishlari lozim. Yana shunisi istisno emaski, ushbu mavzular keng jamoatchilikning ham e’tiboriga sazovor bo’lishi mumkin. Ammo buni hali kelajak ko’rsatadi.

Kelajakda bu loyihadan nimalarni kutasiz?

Ochig’i yuqorida aytib o’tilgan niyatlarning amalga oshishini hamda nemis-o’zbek huquqshunoslari o’rtasidagi muloqotda nima muhim o’rin tutishini yaxshiroq anglashimizni istardim.

Ushbu veb-saytdan foydalanuvchilarga tilaklaringiz?

Asosiy istak shundan iboratki, foydalanuvchilar biz bilan muloqotga kirishishsa va ishtirokchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu veb-saytni takomillashtirishda faol ishtirok etishsa. Umid qilmizki, O’zbekistondagi institutlar loyihalarimizga qiziqish bildiradilar va ushbu veb-sayt atrofida birlashish yuzasidan biz bilan muloqotga kirishadilar.

Binafsha Qalandarova suhbatlashdi.

Leave a Reply

  

  

  

You can use these HTML tags

<a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>