
Dushanba, 1-iyun 2015-yil. Saarland federal yerining Saarpfalz hududiga (tumaniga) qarashli Kirkel shaharchasida joylashgan BMW-filiali binosi tadbir uchun shay qilib qoʻyilgan. Bu yerda 200ga yaqin huquqshunos va informatiklar bilan birga davlat siyosati va boshqaruvi vakillari yuzlashishdi. Tadbirdan maqsad Saarland Universiteti qoshida bundan 27 yil oldin tashkil etilib, oxirgi bir yil davomida qaytadan takomillashgan, tadqiqot sohalarini kengaytirgan Huquqiy Informatika Instituti faoliyatini mehmonlarga tanishtirish edi. „Huquqiy informatika“, „Informatsion texnologiyalar xavfsizligi“ va „Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish“ asosiy oʻquv yoʻnalishlari boʻlgan bu institut texnik va yuridik masalalar oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtamoqda. Bu dargohdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlajak huquqshunoslarni texnologik-huquqiy muammolarni yechishga tayyorlash va ularda elektron adliya (E-Justice) bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
»» › ›