WEBDIALOG

Germaniyalik va O‘zbekistonlik yuristlar o‘rtasida samarali va mazmunli muloqotni ta’minlash maqsadida zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanamiz. Hozirda TeamViewer va Skype kabi veb-muloqot imkoniyatlaridan foydalanamiz. Bundan tashqari qiziqish bildirgan hamkorlarimizning sinalgan muqobil yechimlaridan ham foydalanishga tayyormiz.

Nemis va o‘zbek hamkasblarimiz o‘rtasida aloqa vebinar va onlayn-konferensiyalar shaklida amalga oshiriladi. Bunday faoliyatimizni biz „WEBDIALOG“ (vebdialog), deb nomladik. Bizning vebdialogimizda ishtirok etishni istasangiz yoki muloqot uchun o‘zingizda boshqa g‘oya mavjud bo‘lsa, takliflaringizdan xursand bo‘lamiz.