Huquqiy Informatika Instituti taqdimoti va bizning undagi ishtirokimiz


Dushanba, 1-iyun 2015-yil. Saarland federal yerining Saarpfalz hududiga (tumaniga) qarashli Kirkel shaharchasida joylashgan BMW-filiali binosi tadbir uchun shay qilib qoʻyilgan. Bu yerda 200ga yaqin huquqshunos va informatiklar bilan birga davlat siyosati va boshqaruvi vakillari yuzlashishdi. Tadbirdan maqsad Saarland Universiteti qoshida bundan 27 yil oldin tashkil etilib, oxirgi bir yil davomida qaytadan takomillashgan, tadqiqot sohalarini kengaytirgan Huquqiy Informatika Instituti faoliyatini mehmonlarga tanishtirish edi. „Huquqiy informatika“, „Informatsion texnologiyalar xavfsizligi“ va „Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish“ asosiy oʻquv yoʻnalishlari boʻlgan bu institut texnik va yuridik masalalar oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtamoqda. Bu dargohdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlajak huquqshunoslarni texnologik-huquqiy muammolarni yechishga tayyorlash va ularda elektron adliya (E-Justice) bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Raqamli jamiyatda erkinlik va xavfsizlik“ mavzusidagi uchrashuvni BMW-Filiali rahbariyati vakili Lars Dinger hamda Saarpfalz tuman boshqaruvi birinchi oʻrinbosari Dr. Theophil Gallo ochib berishdi.

Lars Dinger, Vertreter der Geschäftsführung der BMW-Niederlassung

Lars Dinger, BMW-filiali rahbariyati vakili

Dr. Theophil Gallo, Erster Kreisbeigeordneter des Saarpfalz-Kreises

Dr. Theophil Gallo, Saarpfalz hududi (tumani) boshqaruvi birinchi oʻrinbosari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar raqamli jamiyat bilan bogʻliq dolzarb muammolarga toʻxtalishib, ularning yechimida Huquqiy informatika Instituti rolini alohida ta’kidlashishdi. Raqamli jamiyatda mualliflik huquqi, ma’lumotlar mustaqilligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi, onlayn-xizmatlardan foydalanish qoidalari hamda elektron huquqiy harakatlar kabi masalalar tadbirning muhim mavzularidan boʻldi.

 

Heiko Maas, Bundesminister der Justiz und für Verbraucherschutz

Heiko Maas, Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal vaziri

 

“Erkinlik va xavfsizlik – insonlarning ikkita asosiy ehtiyoji boʻlish bilan birga zamonaviy davlatning ikkita muhim vazifasi hamdir“.

 

Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal vaziri Heiko Maas oʻz nutqida Wi-Fi (simsiz internetga ulanish) xizmatida javobgarlik, AKT-xavfsizligi va elektron hujjatlardan foydalanishni joriy etish kabi kundalik hayotimiz bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy masalalarga e’tibor qaratdi. Vazir janoblari shuningdek raqamli jamiyatda mualliflik huquqi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish huquqi hamda ma’lumotlar xavfsizligiga oid muammolarga alohida urgʻu berdi.

 

Dr. Anke Morsch, saarländischer Staatssekretärin für Justiz

Dr. Anke Morsch, Saarland Adliya vaziri muovini

 

„Biz konstitutsiyaviy huquq, ma’lumotlar xavfsizligi huquqi, fuqarolik huquqi, xususan, iste’molchilarni himoya qilish va jinoyat huquqi doirasida kengroq muhokama olib borishimiz lozim. Shu oʻrinda men Huquqiy informatika Institutini axborot jamiyati muammolarini yechishga qaratilgan faoliyatining yanada kengaytirilgani bilan tabriklayman“.

 

Ma’lumotlardan foydalanish va ma’lumotlar xavfsizligining ahamiyati nafaqat tadbirkor va biznes vakillari uchun, balki davlat tashkilotlari uchun ham juda muhim masalaga aylanganligini Saarland Adliya vaziri muovini Dr. Anke Morsch ta’kidlab oʻtdi.

Prof. Dr. Markus Würdinger, Prodekan der Rechts- und Wirtschaftswissenschaftlichen Fakultät

Professor Markus Wuerdinger, Huquq va iqtisodiyot fakulteti dekani oʻrinbosari

 

“U oʻz ishining mohir ustasi, institutga asos solgan va koʻp yillar mobaynida uni muvaffaqiyatli boshqarib keldi“.

Saarland universiteti Huquq va iqtisodiyot fakulteti dekani oʻrinbosari – professor Markus Wuerdinger fakultetning oʻziga xosligiga urgʻu berar ekan, uning huquqiy va iqtisodiy yoʻnalishlari bir-biriga hamohang tarzda muvaffaqiyatli olib borilayotganini aytib oʻtdi. Soʻngra u fakultetning muhim boʻlimi boʻlgan Huquqiy Informatika Institutining tashkil topishi va rivojlanishida professor Maksimilian Herbergerning xizmatlari beqiyos boʻlganini ta’kidladi va professorning umuman huquqiy informatika sohasiga qoʻshgan hissasini munosib baholadi.

 

Prof. Dr. Maximilian Herberger, Gründer des Instituts für Rechtsinformatik

Professor Maksimilian Herberger, Huquqiy Informatika Instituti asoschisi

 

Professor Maksimilian Herberger 1988-yilda Saarland universitetida Huquqiy Informatika Institutiga asos solgan va 2014-yilgacha ushbu dargohga rahbarlik qilgan. Ustozning 26-yillik ilmiy izlanish va ta’lim berish faoliyati davomida koʻpgina ilmiy tadqiqot va loyihalar olib borilgan hamda huquqiy informatika bilan bogʻliq muassasalar tashkil etilgan. Misol tariqasida Nemis EHM-Sayyor Sud Majlisi(Deutsche EDV-Gerichtstag e.V.) uyushmasi, Saarbryucken yuridik Internet loyihasi (Juristische Internetprojekt Saarbrücken), shuningdek Yevropa EHM-Huquq akademiyasini (Europäische EDV-Akademie des Rechtes) sanab oʻtish mumkin. Professor Herbergerning xorijlik talabalarni ham doim qoʻllab-quvvatlaydigan ustoz ekanligi va shu tariqa Saarland universitetining xalqaro ahamiyatini oshirishda xizmatlari ulkanligini alohida e’tirof etishimiz kerak. Shu oʻrinda ushbu „Nemis-oʻzbek huquqshunoslari dialogi“ tashabbus-loyihamiz ham aynan professor Herberger bilan hamkorlikda tashkil etilganligini aytib oʻtishni joiz deb bildik.

 

 

 

Prof. Dr. Georg Borges, Leiter des Lehrstuhls für Bürgerliches Recht, Rechtstheorie und Rechtsinformatik

Professor Georg Borges, „Fuqarolik huquqi, Huquqiy nazariya va Huquqiy informatika“ kafedrasi rahbari

 

2014-yilning aprel oyidan fakultetning „Fuqarolik huquqi, Huquqiy nazariya va Huquqiy informatika“ kafedrasining yangi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatayotgan professor Georg Borges bugungi tadbir dasturi va mutaxassis-mehmonlar ishtirokidagi muzokarani boshqarib bordi. Shuni ta’kidlash kerakki, professor Borges Huquqiy informatika Instituti direktorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu institutning rivojlanishi va boshqaruvida, shuningdek, yana boshqa 4ta Saarland universiteti professorlari Maksimilian Herberger, Philippe Cossalter, Christoph Sorge va Stephan Weth hamda Lyuksemburg universiteti professori Mark Cole ham oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

 

 

 

 

 

 

Mutaxassislar muzokarasi

 

Teilnehmer der Podiumsdiskussion (von links nach rechts): Prof. Dr. Georg Borges (Leiter des Instituts für Rechtsinformatik), Prof. Dr. Philippe Cossalter (Lehrstuhl für französisches öffentliches Recht), Prof. Dr. Stephan Weth (Deutsches und Europäisches Prozeß- und Arbeitsrecht sowie Bürgerliches Recht), Heiko Maas (Bundesminister der Justiz und für Verbraucherschutz), Dr. Anke Morsch (saarländischer Staatssekretärin für Justiz), Jürgen Lennartz (Leiter der saarländischen Staatskanzlei) und Prof. Dr. Christoph Sorge (Stiftungsprofessur für Rechtsinformatik)

Mutaxassislar muzokarasi ishtirokchilari (chapdan oʻngga): professor Georg Borges (Huquqiy Informatika Instituti rahbari), professor Philippe Cossalter (Fransuz davlat huquqi kafedrasi mudiri), professor Stephan Weth (Nemis va Yevropa Protsessual va mehnat huquqi, fuqarolik huquqi kafedrasi mudiri), Heiko Maas (Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal vaziri), Dr. Anke Morsch (Saarland Adliya vaziri muovini), Juergen Lennartz (Saarland bosh vaziri ma’muriyati rahbari) va professor Christoph Sorge (Huquqiy Informatika oʻquv yoʻnalishi rahbari)

 

Samandar Atoev, Jurist, Doktorand an der Universität des Saarlandes

Samandar Atoev, huquqshunos, Saarland universiteti doktoranti

 

„Qanday qilib onlayn-xizmatlardan foydalanish qoidalarini tushunarli va oʻqishga osonroq qilishimiz mumkin? Balki umumiy savdo-sotiq shartlaridagi (nem. AGB) murakkab yuridik matnlarni tushunarli boʻlishi uchun ularni tasviriy ifodalashimiz lozimdir? Huquqni tasviriy ifodalashni raqamli jamiyatning bu muammosi uchun yechim sifatida koʻra olamizmi?“

 

 

 

Bundesjustizminister Heiko Maas

Adliya Federal vaziri Heiko Maas

 

„Matndan butunlay voz kechib boʻlmaydi. Lekin uni tasviriy ifodalash to‘g‘ri yondashuv. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqidagi koʻpchilik a’zo davlatlarning umumiy fikri ham shunday. Ya’ni umumiy savdo-sotiq shartlaridagi (nem. AGB) ayrim matnlar tasviriy ifodalansa, odamlar hech boʻlmaganda uning ayrim qismlarini oʻqiydigan boʻlishlari mumkin”.

 

 

Tadbir davomida Huquqiy informatika institutining ilmiy va oʻquv yoʻnalishlariga aloqador mavzularda birgalikda faoliyat olib boradigan turli kafedralar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Quyidagi suratlar tadbir haqida yanada kengroq tasavvur beradi, degan umiddamiz.

Bundesjustizminister Heiko Maas mit einer „Keynote“

Adliya Federal vaziri Heiko Maas Informatika huquqining dolzarb masalalariga toʻxtaldi.


Prof. Stephan Weth antwortet auf die Frage von Prof. Georg Borges.

Professor Georg Borges tomonidan berilgan savolga professor Stephan Weth javob bermoqda.

Am Stand des Lehrstuhls von Prof. Dr. Georg Borges für Bürgerliches Recht, Rechtstheorie und Rechtsinformatik

Professor Georg Borgesning „Fuqarolik huquqi, Huquqiy nazariya va Huquqiy informatika“ kafedrasi koʻrgazmasi

Der Lehrstuhl von Prof. Dr. Philippe Cossalter für französisches öffentliches Recht präsentiert sich multimedial.

Professor Philippe Cossalterning „Fransuz davlat huquqi“ kafedrasi faoliyati multimedial tarzda tanishtirilmoqda.

Das Zertifikat Patent und Innovationsschutz wird von den Lehrstühlen von Prof. Dr. Stephan Weth, Prof. Dr. Michael Martinek und Prof. Dr. Roland Michael betreut.

Patent va innovatsiyalar himoyasi boʻyicha Zertifikat oʻquv dasturi professor Stephan Weth, professor Michael Martinek va professor Roland Michael kafedralari hamkorligida boshqariladi.

Das Media Law Research Team von Prof. Mark D. Cole von der Universität Luxemburg stellt sich vor.

Lyuksemburg universiteti professori Mark D. Colening Media huquqi tadqiqotlari jamoasi mehmonlarni oʻz faoliyati bilan tanishtirmoqda.

Schwerpunktbereich 9: IT-Recht und Rechtsinformatik lockt vielen Interessierten an.

„AKT huquqi va huquqiy informatika“ oʻquv yoʻnalishi koʻrgazmasi sohaga qiziquvchilarni oʻziga jalb etmoqda.

Datenschutzrecht, Persönlichkeitsrecht und Urheberrecht gehören zu den Schwerpunkten des vom Institut für Rechtsinformatik betreuten Juristischen Internetprojektes Saarbrücken.

Huquqiy informatika instituti tomonidan boshqariladigan „Saarbryucken yuridik internet loyihasi“ning asosiy yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi: shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish huquqi, shaxsiy huquq va mualliflik huquqi

 

„Nemis-oʻzbek huquqshunoslari dialogi“ tashabbusi ikkala davlat soha mutaxassislari oʻrtasidagi professional tajriba almashish natijasida vujudga keldi.

Koʻrgazma davomida biz ham „Nemis-oʻzbek huquqshunoslari dialogi“ tashabbus-loyihamizni namoyish qildik. Shu oʻrinda bu gʻoyamizni qoʻllab-quvvatlagan va uni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan ustoz professor Maksimilian Herberger va Huquqiy informatika institutiga minnatdorchiligimizni bildiramiz. „Nemis-oʻzbek huquqshunoslari dialogi“ muntazam va samarali professional muloqotlar olib boriladigan maydonga aylanishi uchun huquq sohasidagi ham oʻzbekistonlik, ham germaniyalik mutaxassislarni, hamkasblarimizni ushbu hamkorlik loyihamizda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

 

Maqola va suratlar muallifi Binafsha Kalandarova

Leave a Reply

  

  

  

You can use these HTML tags

<a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>