22-EHM-Sayyor Sud Majlisi* elektron huquqiy aloqalarga bag’ishlanadi

25-27-sentabr kunlari huquqshunoslar va IT-mutaxassislari yana bir bor Saarland Universitetida yig‘ilishdi. Bu yilgi „22-Nemis EHM-Sayyor Sud Majlisi“ning asosiy mavzusi yangi „Sudlar bilan bo‘ladigan elektron huquqiy aloqani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida“gi Qonun muhokamasiga bag‘ishlandi. „Nemis EHM-Sayyor Sud Majlisi“ Jamiyati 1989-yildan buyon jurisprudensiyada axborot texnologiyalarini qo‘llash yo‘nalishida ish yuritib keladi. Shu kungacha bu tashkilot bir qancha standartlarni yaratdi. Ma’lumotlar ba’zasida sud qarorlarini tizimlashtirish shular jumlasidandir. Yuridik sohada Internet va yangi axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yaratish – bu jamiyatning asosiy vazifalariga kiradi.

Videotekamizda 2013-yilgi 22-Nemis EHM-Sayyor Sud Majlisi haqidagi qisqa videolavha (nemis tilida) bilan tanishishingiz mumkin.

*„EHM-Sayyor Sud Majlisi“ nemis tilida „EDV-Gerichtstag“ deb ataladi. „EDV“ (Elektronische Datenverarbeitung)- ma’lumotlarni elektron qayta ishlash ma’nosini bildiradi. Ushbu termin o‘zbek tilidagi “elektron hisoblash mashinalari” jumlasiga mos keladi. „Gerichtstag“ so‘zining asl ma’nosi sud amaliyoti o‘tkaziladigan kunni bildiradi. Ammo hozirda ushbu termin asosan ko‘chma, ya’ni sayyor sud majlisini ifodalashda qo‘llaniladi.