(Deutsch) Das Verfassungsgericht Usbekistans präsentiert seine neue Webseite

Ushbu maqolani/xabarni quyidagi tillarda oʻqing: Deutsch

O‘zbekiston qonunlari Internetda

lex.uz

LexUz 5 yildan ortiq vaqtdan buyon Ozbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi sifatida faoliyat yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash Markazi tomonidan yaratilgan ushbu onlayn baza www.lex.uz web-sayti orqali milliy qonunchilik hujjatlaridan bepul foydalanish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchiga LexUz tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish kifoya qiladi. Qonunchilik ma’lumotlari o‘zbek va rus tillarida taqdim qilingan.

Ushbu onlayn tarmoq huquqiy hujjatlarni izlash, ularni to‘liq o‘qish, chop qilish hamda DOC va PDF formatida yuklab olish imkonini beradi. Hozirga qadar LexUz bazasida 25 mingdan ortiq qonunchilik hujjatlari to‘plangan.

O‘zbekiston Asosiy Qonuni Androidda

konstitutsiya-app
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi munosabati bilan e’tiboringizga o‘ziga xos bir linkni taqdim qilmoqdamiz. Asosiy Qonunning onlayn shakli (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) shu paytga qadar asosan hukumat web-saytida mavjud edi. Endilikda Konstitutsiyani uyali aloqa apparatlarida maxsus AndroidApp orqali yuqorida keltirilgan barcha tillarda o‘qish mumkin.